Bugun, tuman Kengashi deputati Xusnara Berdiyarova tomonidan "Tinchlik" mahallasida joylashgan bolalar o‘yingohi o‘rganildi. Tadbir davomida o‘yingohning holati baholandi va jamoatchilik fikri tinglandi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘yingoh qarovsiz qolgan, bu esa sport anjomlarining buzilishi va foydalanishga yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘lgan. Bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchalarining xavfsizligi va sifati tanqid ostida. Deputat mazkur muammoni hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilinishini ta’kidladi .
Tuman Kengashi fuqarolarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va hal etishga doimiy e’tibor qaratadi.