Boyovut tumanidagi “A.Temur” mahallasida “Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish oyligi” munosabati bilan navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman kengashi deputati Obloqul Isanov ishtirok etib, mahallada yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat O.Isanov xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, shuningdek, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.