Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-“Jumabozor” saylov okrugidan saylangan deputat Djabborov Azamat Abduxoliqovich Qushchi va Xamza mahallasi saylovchilari oldida 2025-yil 2-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuv davomida, yurtimizda amalga oshirilayotgan va natija berayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, mahalladagi zarur bo‘lgan kamchiliklarini hal qilish va "mahalla yettiligi" bilan o'zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, hududdagi mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha ishtirok etgan tegishli davlat organlari, tashkilotlari xodimlari va saylovchilarning fikrlari eshitildi hamda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan muhokama qilindi.