Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yiģilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq oʼn oltinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi va doimiy komissiya raislari va aʼzolari tomonidan muhokama qilinib, savollarga javoblar olindi.
Yig‘ilish yakuni bilan doimiy komissiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.