Yangiliklar

Muammolarga joyida yechim – sayyor qabullarning asosiy maqsadi

 Jalaquduq tumani hokimi , tuman Kengshai raisi Hikmatillo Latipov tomonidan navbatdagi sayyor qabul Doʻstlik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholining ijtimoiy, kommunal va turmushga oid masalalari tinglanib, mavjud muammolar o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ayrim muammolar shu yerning o‘zida hal etildi. Sayyor qabullar aholining murojaatiga bevosita va tezkor yondashuvni ta’minlash, ularning dardiga quloq tutishdagi samarali mexanizmga aylanmoqda.  

Slide 1 of 7