Xususan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari, Sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar joylarga chiqib o‘rganishmoqda.
Deputatlar murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni bevosita joyida ko‘zdan kechirib, tegishli tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilamoqda.
Ushbu tashriflar davomida ijtimoiy infratuzilma, kommunal xizmatlar, yo‘l, ichimlik suvi va boshqa muhim masalalarga oid murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, aholining haqli talablarini qondirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Deputatlar tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doimiy nazoratga olinadi.