Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrda “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-410-sonli qarorining tumandagi ijrosi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar sonini ko‘paytirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha tegishli ma’sullarning axborotlari eshitildi.
Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jonli translyatsiya qilindi.