Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tumandagi Muzrabot darvoza mahallasida “Sog‘lom oila” sport musobaqasi o‘tkazildi

“Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki o‘quvchi-yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganini ko‘rsatmoqda. O‘tkazilgan tadbirda mahalla aholisidan iborat oilalar o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va oilaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida turli sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Sport musobaqasi tadbirlarida 1-Oqoltin saylov okrugidan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga saylangan deputati D.Choriyeva ishtirok etdi. Tadbir yakunida deputat tomonidan g‘olib oilalarni tabrikladi va jamoalarga esdalik sovg'alarini topshirdi. 

Slide 1 of 6