Saylov jarayoni belgilangan tartibda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Fuqarolarning faolligi yuqori bo‘lgan ushbu tadbirda okrug deputati va hududdagi keng jamoatchilik vakillari, faollar, nuroniylar, ayollar hamda yoshlar ishtirok etdi. Deputat Dilorom Axmedova mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi muammolarini joyida o‘rganish va hal etishdagi mahalla raisining roli katta ekanini ta’kidladi.️ Yangi saylangan raisga ishonch bildirilib, mahalla institutining nufuzini oshirish yo‘nalishida samarali faoliyat yuritishida omad va zafarlar tilab qolindi.