Konimex tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabulini o'tkazdi. Qabul jarayonida fuqarolar, yoshlar tomonidan davolanishda yordam, ishga joylashtirish, ta'mirlash, moddiy yordam, uy-joy va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuncha va ko'rsatmalar hamda tegishli tashkilot mutasaddilariga topshiriqlar berilib, amaliy yordam ko'rsatilishi bildirildi.