Boyovut tumani Kengashi deputati Yarlaqabov Umurzoq Muratovich hamda tuman mahallalar uyushmasi Boyovut tumani bo'limi rahbari bilan birgalikda o‘zining saylov hududi — 6-Jo‘langar okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida deputat joylarda yashovchi aholi bilan ochiq muloqot olib borib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlarini tingladi.
Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, yoshlar bandligini ta'minlash va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha deputat o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Yarlaqabov Umurzoq Muratovich masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi.
Tashriflar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik va saylovchilarning ishonchini oqlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati.