Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda

Muzrabot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati E.Sobirov va tuman Kengashi deputati D.Sherboyevlar tomonida tomonidan ushbu tadbirlar yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida ta’lim, ijod, sport va sog‘lom turmush tarzi uchun tashkil etilgan to‘garaklarga mo‘ljallangan xonalar va sharoitlari bilan tanishildi. Mazkur maskanlar loyihani amalga oshirish uchun zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Xonalar kompyuter va interaktiv doskalar va bolalar uchun foydali bo‘lgan buyumlar bilan to‘ldirilgan.

Slide 1 of 7