Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati K.Muxitdinova tashabbusi bilan shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, shahar hokimi o‘rinbosari A.Turaqulova bilan birgalikda Bekobod shahrida tadbirkorlikni boshlagan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi 103-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Uchrashuv davomida “Biznesga ilk qadam” – yangi
tashabbuskor ayollarni aniqlab, ularni tadbirkorlik asoslariga o‘qitish, “Biznesni yo‘lga qo‘yish” – o‘zini-o‘zi band qilgan ayollarni kichik biznesga jalb etish va “Biznesni yuksaltirish” – faol tadbirkor ayollarning ishini kengaytirish, yillik aylanmalarini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Bu tashabbuslar ayollar iqtisodiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.