Tashrif davomida bolalarga sovg‘alar ulashilib, ularga quvonch ulashish va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida turli tadbirlar tashkil etildi.
Deputat bolajonlarga sihat-salomatlik, tezroq sog‘ayib ketishlarini va doimo baxtli bolalik tiladi. Shuningdek, shifoxona shifokorlari va tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Bunday ezgu tashriflar jamiyatda mehr-oqibatni kuchaytirish, bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bolalar – kelajagimiz, ularning sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi esa barchamizning eng muhim vazifamizdir.