Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Navro‘z” mahallasida faoliyat olib borayotgan mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Unda har bir mas’ulning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatlari tahlil qilindi.

🔺Deputat tomonidan mahallada mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan ham ma’lumotlar olindi.

🔺Suhbatlar davomida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3