Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari J.Sadirov, B.Kamalov, F.Axmedov, M.Ashurov, M.Mirabdullayev tomonlaridan tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari hamda “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida tumanning “Uyenkulsay”, “Sari-Qanli”, “Boymirzayev” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning yashash sharoitlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganish davomida fuqarolarning uy-joylarida zaruriy shart-sharoitlarning yetarliligi, chorva va parrandalar boqish bo‘yicha tashkil etilgan qurilmalar holatlari hamda tomorqa yer maydonlarida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4