Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HOKIM VA DEPUTAT

Oltinsoy tuman hokimi Otabek Mavlyanov va Kengashi deputati A.Mamatmuratovlar ishtirokida tumandagi muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va ularning ozodaligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Tumanidagi “Qoratepa” MFYda joylashgan qabriston obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida hasharlar tashkil etilib, hududlarni chiqindilardan tozalash, daraxtlarga shakl berish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish va atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur ishlar aholi uchun munosib ziyoratgoh muhitini yaratish, muqaddas qadamjolarning obodligi va ozodaligini ta’minlash shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 1