Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazoratida: Oqbuloq mahallasi Oltinvodiy ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov tomonidan Tashabbusli budjet loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan Oqbuloq mahallasidagi Oltinvodiy ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi va nazorat qilindi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi hamda ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha mahalla aholisining ko‘p yillik muammolaridan birini hal etishga xizmat qilib, hududdagi transport harakati qulayligini oshirish, fuqarolar uchun munosib infratuzilma yaratish hamda mahalla obodonligini ta’minlashga qaratilgan.

Deputat tomonidan loyiha yakuniga qadar ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3