Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilarga axborot berdi

🔷O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputati Y.Narbekov “Aydarali” mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilariga 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

🔷Uchrashuvda “mahalla yettiligi” a’zolari, tegishli tashkilot mas’ullari, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva ishtirok etdilar.

Tadbir davomida deputat tomonidan tumanimizda olib borilayotgan islohotlar, Kengash va doimiy komissiyalar tarkibida amalga oshirgan ishlari, mahallada aniqlangan muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot berildi.

🔷Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 2