🔷O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda tasdiqlangan jadvalga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputati B.Kamalov “Barraj” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilarga 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
🔷Uchrashuvda “mahalla yettiligi” a’zolari, tegishli korxonalar mas’ullari, kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirok etdilar. Tadbir davomida deputat tomonidan tumanimizda olib borilayotgan islohotlar, Kengash va doimiy komissiyalar tarkibida amalga oshirgan ishlari, mahallada aniqlangan muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot berildi.
🔷Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.