🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Aydarali” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan o‘rganildi.
🔷O‘rganish davomida mahallada:
doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning faolligini ta’minlash;
uy-joyini ta’mirlash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.