Yangiliklar

Aholining murojaati o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tomonidan “Pargos” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahallaning nomini o‘zgartirish va mahallaning kirish qismiga stella o‘rnatish haqidagi murojaatlari tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov ishtirokida o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida aholi vakillariga mahallaning nomini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartib, stella o‘rnatish qoidalari haqida tushuntirish berildi.

🔹Shu bilan birga, mahallani obodonlashtirish ishlari, chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha belgilangan tadbirlari yuzasidan suhbatlashildi.

Slide 1 of 3