Deputat nazorati: "Xusbuddin" mahallasidagi holat o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputat L.Niyozova "Xusbuddin" mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish choralari;
Yangi ish o‘rinlari yaratish va bandlikni ta’minlash;
Imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilli yetkazilishi holatlari o'rganildi.
O‘rganish davomida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.