Xususan soʻrovda bildirilgan “Koʻlodina” MFY Eshonlar qishlogʻi hududida “Abdullaxon” zaxkashi ichida juda ogʻir beton blok borligi sababli zaxkashdan oʻtgan yoʻlni suv yemirayotganligi, shu hududdagi ekin erlardan olgan 15 nafarga yaqin fuqarolar zaxkashdan oʻtgan yoʻldan yerga texnika kiritishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelayotganligini bildirib, ushbu beton blokni texnika vositalari bilan oldirish borasidagi muammo boʻlim tomonidan oʻrganilib, sugʻorish davrida zovur suvi sathining koʻpayib yoki kamayishiga qarab, suniy toʻsiqni olib tashlanishi belgilab olindi.