Tuman axborot-reusurs markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Vobkent tuman vakili N.Tursunov, “Vobkent” MFY “mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Muloqotda fuqarolar tomonidan hududda drenaj tizimini yaxshilash, uy-joy va maishiy muammolar bilan bogʻliq muammolar va murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrilishi boʻyicha topshiriqlar berilib, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.