Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda investitsiya loyihalarni amalga oshirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tuman markazining ichki yo‘llari holatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 10-13 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi muammolar o‘rganildi.
#qutlov #bayram

Bahorning ilk ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida bayramona shukuh hukmron bo‘ldi.

Kengashning faol, tashabbuskor va fidoyi ayol deputatlarini bayram bilan qutlash maqsadida Kengash yigitlari tomonidan o‘ziga xos tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov so‘zga chiqib, barcha ayol deputatlarni, shahar rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi:

"Sizlarning nafaqat oila mustahkamligida, balki jamiyatimiz siyosiy hayotida, shahar obodonchiligi va aholi muammolarini hal etishdagi o‘rningiz beqiyos. Bahoriy go‘zallik va nafosat Sizlarni aslo tark etmasin!"

Bayramning eng hayajonli daqiqalarida Kengash raisi va erkak deputatlar tomonidan ayol hamkasblarga gullar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv nafaqat bayram tabrigi, balki deputatlar orasidagi o‘zaro hamjihatlik va hurmatning yorqin namunasi bo‘ldi. Zero, ayol borki, olam munavvar, jamiyatda adolat va mehr barqarordir.

Slide 1 of 5