🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PF-143-son Farmoniga asosan “Markaziy” mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Ashurov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov tomonlaridan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilgan ko‘maklar, kambag‘al oilalar bo‘yicha shakllantirilgan individual rejalar asosida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.