🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Abdixayomova tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
mahallada jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
2026-yil uchun shakllantirilayotgan “Ombor kitobi” haqida suhbatlar o‘tkazildi.