🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosi yuzasidan Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari F.Axmedov, M.Aynashova hamda J.Abdixayomovalar tomonidan o‘rganildi.
🔹Oʻrganish davomida davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining holati, ularning sifati va tezkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida yaratilgan shart-sharoitlar, navbatlar holati, axborot stendlari va elektron xizmatlardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.