🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan “Iskandar” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va yoshlar yetakchisi faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B.Kamalov tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.