2025-yil 5-avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holat yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Jumladan:
- ob-havoning noqulayligi va kuchli shamol ta’sirida “Barraj” MFY Furqat ko‘chasida joylashgan 4 qavatli uy-joyning tomiga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish;
- fuqarolar harakatlanishiga qulayliklar yaratish maqsadida tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga olib boruvchi ichki yo‘l yoqasiga 620 m uzunlikda piyoda yo‘laklarini qurish;
- aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida, “Xo‘jakent” MFY Idrok va Bobur ko‘chalarida joylashgan 2 qavatli uy-joylarni ta’mirlash atroflarini tartibga keltirish.
O‘rganilgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda ishlar tashkil etilishi kelishib olindi.