Oliy Majlis deputati Mavluda Ibragimova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muhammadvali Mo‘minov tumandagi "Yulg‘unzor" mahallasining “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandilar.
Ushbu tashrif davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi.
Mahalla faollari va aholi o‘rtasidagi muloqot davomida turli yo‘nalishlardagi masalalar ko‘tarildi, shu jumladan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Murojaatlar yuzasidan joyidayoq tegishli choralar ko‘rildi hamda mas’ul idora vakillariga topshiriqlar berildi.
Bu kabi uchrashuvlar aholi ehtiyojlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.