Boku shahrida boʻlib oʻtgan Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamlashda tarixiy qadam boʻldi. Prezidentlarimizning siyosiy irodasi asosida muhim hujjatlar — sanoat, taʼlim, atrof-muhit, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy himoya kabi sohalarda hamkorlik dasturlari imzolandi.
Ayniqsa, ittifoqchilik munosabatlarini 2025–2029-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning qabul qilinishi — davlatlarimiz oʻrtasidagi yuksak ishonch va hamjihatlik ramzidir.
Deputat sifatida ushbu kelishuvlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman va ularni amaliyotga joriy etishda faol ishtirok etishga tayyorman.
Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
Gaipov Murtaz Abduazimovich