Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan takliflar tashkilotning kelgusi rivojlanish yoʻnalishlari uchun aniq dastur boʻlib xizmat qiladi.
“Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konsepsiyasini qabul qilish;
Toshkentda Savdo vazirlarining uchrashuvini oʻtkazish;
“Yashil yoʻlaklar” va “Ekoinvest” dasturlarini joriy etish;
Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston va Transafgʻon temir yoʻllarini strategik bogʻlash;
Samarqandda Milliy aviakompaniyalar forumini tashkil qilish;
Shuni faxr bilan aytish mumkin: Oʻzbekiston xalqaro maydonda faol, konstruktiv va manfaatli tashabbuslari bilan tinchlikparvar siyosatni izchil amalga oshirmoqda.
Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
Kuchiboyev Dilshod Allaberdiyevich