Bugungi kunda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi oshib borayotgani kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 17 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 12 tasi to‘liq Mo‘g‘uliston kapitaliga asoslangan.
Iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Ulan-Bator shahrida “O‘zbekiston savdo uyi” ochildi. Bu markaz mahalliy tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida yangi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.
Ikki mamlakatning dengizga chiqish imkoniyati yo‘qligi, barqaror transport-logistika tizimini yaratish masalasini dolzarb qiladi. Shu nuqtai nazardan, quruqlikdagi transport yo‘laklarini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalish hisoblanadi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Allamov