O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O`zLiDeP Fraksiyasi a’zosi Risqul Siddiqov “Dolzarb 90 kunlik” dasturi asosida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, aholi salomatligini mustahkamlash hamda davlat dasturlarining bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Gʻallaorol tumani Gʻ.Gʻulom MFY hududidagi 1-son oilaviy poliklinikasining ish faoliyati bilan tanishdi.