Yangiliklar

Deputat va "mahalla yettiligi" hamkorligi amaliy ishda!

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev tomonidan doimiy ravishda o’zi saylangan Toza-bog’ va J.Manguberdi mahallalaridagi muammolarni tizimli hal etish maqsadida "mahalla yettiligi" (rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi, ijtimoiy xodim) bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda. Uchrashuvlarda hudud rivoji, ijtimoiy himoya va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha hamkorlik choralari muhokama qilindi. 

· Senat Kengashining KQ-35–V-sonli qarori ijrosi: Mahalla yettiligi bilan yaqin hamkorlikda ishlash. 

· Muammolarni o'rganish: Deputatlar yettilik vakillarining sohaviy faoliyati bilan tanishib, aholi murojaatlarini bevosita xonadonbay o'rgandi. 

Maqsad: Mahallada xizmatlar samaradorligini oshirish va "mahallabay" ishlash tizimini kuchaytirish. 

Slide 1 of 1