Boʻka tumani MMTB tasarrufidagi 16-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi.
✅Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
✅ Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 26-fevral kuni ta’lim muassasasida rahbarlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
✅ Jumladan, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari A.I.Sultonov, Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi deputati M.Yoʻldoshevalar maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, ularning kelajak rejalari va maqsadlari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.t