📍 Bo‘ka tumani hududidagi Ramadon MFY 21-maktab binosida uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
✅ Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati J. Xamidov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil tushuntirish berdi.
✅ Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va biznes tashabbuslari yuzasidan murojaatlar bilan chiqishdi.
✅ Ta’kidlandiki:
• o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari joriy etilmoqda;
• faol kitobxon yoshlar pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi;
• xorijiy va milliy adabiyotlarni tarjima qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
📌 Yakunda yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etisho‘hamda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
F