Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi katta majlislar zalida VII chaqiriq Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
🔸 Sessiya yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.