📌 SHOVOT TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
📍 Shovot tumani
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
2–7-mart kunlariga rejalashtirilgan tadbirlar doirasida Kengashning mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
🗂 KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALALAR:
🚧 1️⃣ Ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq:
2026-yil uchun ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha
📍 dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.
💰 2️⃣ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi
Tumanda tashkil etilgan jamg‘arma mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
📊 3️⃣ Mahalliy budjet erkin qoldiq mablag‘lari
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 126-moddasi asosida:
2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari belgilandi.
🛍 4️⃣ Narx-navoni nazorat qilish masalasi
O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Shovot tumani Kengashi deputatlik guruhi tomonidan:
Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish,
Narx-navoning sun’iy oshirilishining oldini olish
bo‘yicha jamoatchilik nazorati samaradorligi muhokama qilindi.
✅ Yakuniy qarorlar
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.