Yangiliklar

Kelajak soati darsi

    Toshkent viloyati Boʻka tumani MMTB tasarrufidagi 16-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi deputati M.Yoʻldosheva tomonidan "Kelajak soati" darsi oʻtildi.

  Sana: 3-noyabr 2025-yil Sinf: 10-A Mavzu: Xavfsiz hayot

️ O‘quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar berildi.

 O‘quvchilarda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish xislatlari tushuntirilib, favqulodda vaziyatlarning ehtimoli va oqibatlarini kamaytirish yuzasidan ogohlantirish berildi. 

 O‘quvchilar dars davomida xavfsiz hayotda yashayotganligidan mamnun ekanligini aytib oʻtishdi.

Slide 1 of 2