2025-yil 21-22noyabr kunlari Toshkentda fuqarolik jamiyati faollari va NNTlar uchun “Hududiy muammolardan advokatsion yechimlargacha” nomli o‘quv-trening o‘tkazildi.
Tadbir “Markaziy Osiyo Uyushmasi” jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va, loyiha milliy hamkori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti bilan hamjihatlikda tashkil etildi.
Treningning maqsadi hududlardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va ularga fuqarolik jamiyati vositasida amaliy advokatsion yechimlar ishlab chiqish salohiyatini kuchaytirishdir.
Ishtirokchilar inson huquqlari, gender tengligi, inklyuziya, jamoatchilik ishtirokini oshirish va manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish kabi yo‘nalishlarda zamonaviy nazariy va amaliy bilimlar oldi.
Ushbu trening mahalliy muammolarning ildizlarini tushunish, ularga tizimli yondashish va amaliy yechimlar ishlab chiqish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.