Yangiliklar

Doimiy komissiyaning yig‘ilishi.

    Joriy yilning 18-dekabr kuni xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Kun tartibida Bo‘ka tumani hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi va shtat birligini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimligi tashkiliy kadrlar bo‘limi bosh mutahassis N.Muratovaning ma’lumotlari tinglandi va xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3