Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan 4 ta masala dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Har bir masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati va ijrosi bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli takliflarni shakllantirishga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qaror loyihalarini puxta tayyorlash va ularni sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.