Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi

“Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarni o‘rgandi.

🔎 Muhokama davomida mahalladagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

📑 O‘rganish natijalari va bildirilgan tavsiyalar yuzasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevichga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 2