Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TURKMAN MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI O‘RGANILDI

 TURKMAN MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI O‘RGANILDI

🏠 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Sadikova Turkman mahallasida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi hamda ularning murojaat va muammolarini o‘rgandi.

🎓 Muloqot davomida mahallada tabiiy gaz bosimining pasaygani sababli aholi tomonidan norozilik bildirilayotgani aniqlandi.

✅ Fuqarolar gaz ta’minotidagi mavjud muammolar, ayniqsa, kundalik turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladilar.

📌 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammoni hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan ishlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

🤩 Deputatlik nazorati doirasida aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yetkazish va ularning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2