Bozorlarda narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
🦁Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo'jaligi va ekologik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zsi deputat M.Saidov hamda Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tomonidan bozorlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
👨💼O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, bozorlardagi mahsulotlar yetarliligi va savdo jarayonidagi holat tahlil qilindi.
✅Shuningdek, kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning aholiga qulay narxlarda taklif etilishi, bozorlarda mahsulotlar uzluksizligini ta’minlash hamda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👍O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud masalalarni bartaraf etish va aholining iste’mol bozoridagi manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
🌐Narxlar barqarorligi va bozorlarda mahsulotlar yetarliligi — aholi farovonligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.