Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
“Xalqlar do‘stligi” MFYda fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda. Muloqotlar davomida ish bilan ta’minlash, kasb orqali daromad topish va mustaqil faoliyat boshlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro Sh.S.ning xonadonida bo‘lib, uning bandligini ta’minlash masalasini muhokama qildi.
🧵 Suhbat chog‘ida fuqaroga tikuv sexi yoki issiqxonalarda ishlash variantlari taklif etildi. Shuningdek, kelgusida mustaqil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida ishlab chiqarish uskunalarini olish imkoniyatlari tushuntirildi.
🤝 Bunday muloqotlardan ko‘zlangan maqsad — fuqarolarning bandlikka oid ehtiyojlarini o‘rganish va ularga mos imkoniyatlarni topishga ko‘maklashish.