Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
“Xalqlar do‘stligi” MFYda aholini daromadli mehnatga jalb etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xonadonlar kesimida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro T.Z.ning xonadonida bo‘lib, uni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan suhbatlashdi.
🧵 Tikuv sexida yoki issiqxonalarda ishlash fuqaroga taklif etilgan bandlik yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mustaqil faoliyatni boshlash istagi bo‘lsa, zarur ishlab chiqarish uskunalarini yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
🌿 Xonadonbay o‘rganishlarning maqsadi — fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularni mavjud ish imkoniyatlari bilan tanishtirish va barqaror daromad topishiga ko‘maklashish.